Britaniyada Tereza Meyni hokimiyatdan chetlatish jarayoni boshlanishi mumkin

Jahon 15:05 / 16.11.2018 7931

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning partiyadoshlari uni hokimiyat tepasidan chetlashtirish jarayonini boshlash uchun yetarli miqdorda bo‘lgan ovozlarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sky news xabar bermoqda.

Manbalar so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida ishonch votumi bo‘yicha ovoz berish jarayonining o‘tkazilishi ehtimolga yaqin bo‘lib turibdi. Muhim masalalar bo‘yicha ovoz berish davomida tartib-intizomga javobgar bo‘lgan deputatlar Meyning qarorgohiga chaqirtirilgan.

Hukmron Konservativ partiya ustaviga muvofiq, agar parlamentariylarning kamida 15 foizi (48 kishi) hukumat rahbariga ishonch yo‘qolgani haqida maktub bilan chiqishsa, ushbu jarayon ishga tushirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Brexit bo‘yicha kelishuv rejasi e'lon qilingani, o‘tish davri muddati ma'lum bo‘lgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: