Azar bir ko‘rsatkich bo‘yicha top-5 ligalar yetakchisi

Sport 21:41 / 16.11.2018 6957

WhoScored statistika portali raqib jarima maydoni yaqinida aniq uzatma amalga oshiruvchi eng yaxshi futbolchilar haqidagi ma'lumot bilan o‘rtoqlashdi.

Yevropaning top-5 ligalari ichida bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Chelsi»ning belgiyalik yarimhimoyachisi Eden Azar peshqadam ekani ma'lum bo‘ldi. Uning hisobida 317ta aniq uzatma bor.

2-o‘rinda «Barselona» hujumchisi Leo Messi boryapti – 285ta uzatma. «Manchester Siti» yarimhimoyachisi David Silva 275ta uzatma bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Ko‘proq yangiliklar: