AQSh Saudiyaning Qoshiqchi bo‘yicha bayonotini baholadi

Jahon 08:41 / 16.11.2018 9405

AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauertning aytishicha, Saudiya Arabistoni hukumatining muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilishi bo‘yicha ish yakunlari yuzasidan bayonoti «yaxshi qadam» sanaladi. Vakilning so‘zlari TASS tomonidan keltirilgan.

Nauertning ta'kidlashicha, hozirgi vaqtda Amerika hukumati Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha surishtiruv yakunlariga doir Saudiya hukumati bayonotini o‘rganmoqda.

«Biz ularning (Saudiya hukumati) bayonotini ko‘rib chiqmoqdamiz. Bu yaxshi birinchi qadam, to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam bo‘ldi», - dedi Nauert.

U qo‘shimcha ma'lumotlarni keltirmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Bosh prokuraturasi jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha ish yuzasidan besh nafar shaxsga o‘lim jazosini talab qilgani xabar berilgandi.

Bosh prokuratura bayonotida aytilishicha, jurnalistning jasadi Saudiyaning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi binosida bo‘laklab tashlangan.

Ko‘proq yangiliklar: