AQSh KXDRda yangi qurol sinovdan o‘tkazilganiga munosabat bildirdi

Jahon 12:50 / 16.11.2018 10157

AQSh Davlat departamenti vakilining ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar hukumati Shimoliy Koreya yangi yuqori texnologiyali qurol sinoviga qaramay, va'dalarini bajarishiga ishonmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Idoradan eslatishlaricha, Singapurdagi sammitda AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yadrosizlanish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

«Biz shimoliy koreyaliklar bilan bu majburiyatlarning bajarilishi haqida gaplashmoqdamiz. Prezident Tramp agar Kim Chen In yadrosizlanishni amalga oshirsa, Shimoliy Koreyani yorqin kelajak kutayotgani haqida aytib o‘tdi», - dedi Davlat departamenti vakili. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Shimoliy Koreya ballistik raketalar dasturi ustida ishlashni davom ettirayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Middlberi xalqaro tadqiqotlar institutining maxsus tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakat uzoq hududlarida maxfiy harbiy baza mavjud. Tahlilchilar fikricha, Shimoliy Koreya aynan shu bazada Qo‘shma Shtatlarga yetib borishi mumkin bo‘lgan raketalarni joylashtirishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: