«Aeroflot» o‘z xodimlariga kamerali gadjyetlardan foydalanishni taqiqlaydi

Jahon 19:50 / 16.11.2018 3186

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi o‘z xodimlariga ofislarda foto-, videokamerali va diktofonli mobil telefonlar hamda shunday funksiyalarga ega boshqa qurilmalardan foydalanish taqiqlanishi haqidagi buyruqni tayyorladi. Bu haqda aviakompaniya vakili xabar qildi.

Biroq shu bilan birga ba'zi lavozimdagi xodimlarga bunday gadjyetlardan foydalanishga ruxsat beriladi, bu lavozimlar ro‘yxati buyruqqa ilova qilinishi ko‘rsatilgan. Buyruqning suratini “Aeroflot”ning sobiq uchuvchisi va Sheremetevo uchuvchilar kasaba uyushmasining prezidenti Igor Deldyujov Facebook’dagi sahifasida joylashtirgan.

“Buyruq  Rossiya qonunchiligi doirasida tayyorlangan va undan maqsad davlat ishtirokidagi kompaniyaning axborot xavfsizligini ta'minlashdan iborat. Ushbu buyruqning mobil qurilmadan olingan nusxasining axborot maydoniga sizib chiqishi qabul qilingan qarorning to‘g‘riligini yaqqol isbotlaydi”, deb aytgan kompaniya vakili.

Ta'kidlanishicha. Rossiya va xorijda amaliyotda maxfiylik tartibini ta'minlash hamda tijorat va davlat sirini himoyalash maqsadida mobil telefonlar va boshqa texnik vositalarni qo‘llashga taqiqlov keng tarqalgan. Ma'lum qilinishicha, aviakompaniyaning taqiqlovida qonunga zid hech qanday narsa yo‘q. Xodimlarning yozishmalar yoki telefon suhbatlarini qo‘lga kiritish noqonuniy hisoblanadi. “Bunday taqiqlovlarga amal qilmaganlik uchun maksimal jazo intizomiy choralar, misol uchun hayfsan berish bo‘lishi mumkin. Agar gap tijorat yoki davlat siri tartibini buzganlik haqida bormasa, ma'muriy jazo qo‘llanadi. Xodimlarning ushbu tartibga amal qilish bo‘yicha majburiyatlari tegishli shartnoma yoki mehnat shartnomasiga ilovani imzolash yo‘li bilan o‘rnatiladi”, deb aytgan huquqshunoslardan biri.

Sentyabr oxirida The Register britan nashri ochiq foydalanishda “Aeroflot” sayti kodi va xizmat ko‘rsatish servislari ma'lumotlari paydo bo‘lganiga e'tibor qaratgan. Nashr aviakompaniya hujjatlarini qo‘shimcha avtorizatsiyasiz qo‘lga kirita olgan. Hujjatlarda foydalanuvchilar haqida ma'lumotlar bo‘lmagan, biroq ularda xizmat fayllari, suratlar va narxlar haqida ma'lumotlar bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, bunday ma'lumot jinoyatchilarga Rossiya kompaniyasining saytida zaif nuqtalarni izlashda yordam berishi mumkin.

Aviakompaniyaning bunga izohida ochiq foydalanishga tushgan hujjatlardan bir necha yillardan beri foydalanmasliklari, shu sababli ular o‘zida muhim ma'lumotlarni saqlamasligi aytilgan.   

Ko‘proq yangiliklar: