Abe Putinga Kuril orollari bo‘yicha va'da berdi

Jahon 08:52 / 16.11.2018 21091

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Kuril orollari yapon tomoniga beriladigan bo‘lsa, unda u yerda AQSh harbiy bazalari joylashtirilmasligiga va'da berdi. Bu haqda Asahi Shimbun gazetasi xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Abe va Putin o‘rtasidagi suhbat Singapurdagi ASEAN sammitida bo‘lib o‘tgan.

Nashrdan eslatishlaricha, 1956 yilda imzolangan Qo‘shma sovet-yapon deklaratsiyasiga ko‘ra, agar tomonlar tinchlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzolasa, unda Yaponiya Xabomai va Shikotan orollariga ega bo‘ladi.

Nashrning yuqori lavozimli manbalari xabariga ko‘ra, Yaponiya va AQSh o‘rtasidagi kelishuvlarga muvofiq, amerikalik harbiylar butun mamlakat hududi bo‘ylab joylashishi mumkin. Biroq, ularning qo‘shimcha qilishicha, Yaponiyadan maxsus ruxsat olmasdan AQSh harbiy kuchlari mamlakatdagi o‘z ishtiroklarini kuchaytira olmaydilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya kiberxavfsizlik vaziri kompyuterdan foydalanmasligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: