15 yil oldin Messi «Barselona»da debyut qilgandi

Sport 20:40 / 16.11.2018 12822

2003 yilning 16 noyabr kuni «Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi klub tarkibida ilk o‘yinini o‘tkazdi.

Bu «Portu»ga qarshi o‘rtoqlik bahsida yuz berdi. O‘sha kuni Messi 16 yosh va 145 kunga to‘lgan edi.

Bu voqeaga bag‘ishlab, kataloniyaliklar matbuot xizmati maxsus rolikni taqdim qilishdi.

Bugungi kungacha 31 yoshli Messi «Barselona» tarkibida 650 ta o‘yinda maydonga tushib, 566ta gol urgan. U 9 marta Ispaniya chempioni, 6 marta Kubok sohibi, 8 marta Superkubok sohibi, 4 marta Chempionlar Ligasi g‘olibi, 3 marta UYeFA Superkubogi sohibi, 3 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: