Vazirlar Mahkamasining o‘simliklar karantinini amalga oshirishdagi vakolatlari belgilanadi

O‘zbekiston 11:48 / 15.11.2018 3453

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘simliklar karantini sohasida fitosanitar dala nazorati va monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi va O‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlar uchun transport birligini ochish va karantin ko‘rik dalolatnomalarini rasmiylashtirish to‘g‘risidagi nizomlarini tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘simliklar karantini sohasida fitosanitar dala nazorati va monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

O‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlar uchun transport birligini ochish va karantin ko‘rik dalolatnomalarini rasmiylashtirish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.

O‘simliklar karantini sohasida fitosanitar dala nazorati va monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘simliklar karantinini amalga oshirilishida quyidagi vakolatlarga ega:

o‘simliklar karantini sohasida fitosanitar dala nazorati va monitoringi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi;
          
o‘simliklar karantini sohasida fitosanitar dala nazorati va monitoringini amalga oshirish tartibini belgilaydi;

o‘simliklar karantini fitosanitar dala nazorati va monitoringi natijalariga muvofiq, o‘simliklar karantini bosh davlat inspektorining taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududlarini o‘simliklar karantini ostida deb e'lon qiladi hamda zarur karantin cheklovlarini o‘rnatadi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
          
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘simliklar karantini monitoringini amalga oshirishdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:

o‘simliklar karantini sohasida fitosanitar dala nazorati va monitoringi natijalariga muvofiq, o‘simliklar karantini davlat inspektorlarining taqdimnomalariga ko‘ra tegishli hududlarni o‘simliklar karantini ostida deb e'lon qiladi va zarur karantin cheklovlarini o‘rnatadi;

o‘simliklar karantiniga doir tadbirlarni o‘tkazishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
           
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi o‘simliklar karantini sohasida fitosanitar dala nazorati va monitoringini amalga oshirishdagi vakolatli organ hisoblanadi.

Fitosanitar dala nazorati o‘simliklarning va o‘simlik mahsulotlarining fitosanitar tozaligini ta'minlash, ularda o‘simliklar karantini obektlari mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

O‘simliklar karantini sohasida fitosanitar dala nazorati va monitoring Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda hududiy inspeksiyalar deb ataladi) inspektorlari tomonidan olib boriladi.
           
O‘simliklar karantini obektlarini aniqlash, kuzatish, tahlil qilish, baholash va ularning tarqalishini bashorat qilish o‘simliklar karantini fitosanitar dala nazorati va monitoringining asosiy tamoyili hisoblanadi.

O‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlar uchun transport birligini ochish va karantin ko‘rik dalolatnomalarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, transport birligini ochish dalolatnomasi transport turidan qat'i nazar har bir transport birligiga alohida rasmishlashtirilib beriladi.

Transport birligini ochish dalolatnomasi hududiy O‘simliklar karantini davlat inspeksiyalari tomonidan beriladi.
           
Transport birligini ochish dalolatnomasida belgilangan talablarga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi va hududiy o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalari tomonidan nazorat qilinadi.
           
“O‘zdavkarantin” inspeksiyasi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan transport birligini ochish dalolatnomasini olish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, jumladan karantin qoidalariga, shuningdek fitosanitariya va karantin ruxsatnomasida belgilangan talablarga rioya etilishi shart.
           
Transport birligini ochish dalolatnomasini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslar Davlat inspeksiyalari  bilan shartnomalar tuzadi, o‘simlik va o‘simlik mahsulotlari karantin ruxsatnomasida belgilangan joyga yetib kelishidan ikki ish kun oldin hududiy o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga ariza beradi.

Ko‘proq yangiliklar: