O‘zmilliybank va Credit Suisse 200 mln yevrolik bitimni imzoladi

Jamiyat 11:06 / 15.11.2018 2433

2018 yil 13 noyabr kuni Tsyurixda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Shveytsariyaning Credit Suisse banki o‘rtasida 200 million yevrolik kredit bitimi imzolandi.

Bitim bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilayotgan, eksport-kredit agentliklari (EKA) kafolati ostida, davlat kafolati taqdim etmasdan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish sohasida hamkorlik nazarda tutilmoqda.

Mazkur bitimning asosiy afzalligi Shveytsariya, Yevropa, Janubiy Koreya va Xitoydan uskuna hamda texnologiyalar yetkazib berishni nazarda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatidir.

O‘zmilliybank 1993 yildan boshlab Credit Suisse bilan savdo moliyalashtirilishi va to‘lov amaliyotlari sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. Imzolangan hujjat O‘zbekiston banki va Shveytsariya o‘rtasida bunday turdagi bitimlarning eng birinchisi hisoblanadi.

Shveytsariya bank tizimi eng ishonchli va dunyodagi barcha banklar uchun o‘ziga xos namuna sanaladi. Bank faoliyatida eng yaxshi xalqaro tajribani o‘rganish va bank xizmatlari hamda mahsulotlarining yangi turlarini joriy etish O‘zbekiston bank sektori uchun ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘zmilliybank va Credit Suisse o‘rtasidagi muzokaralar jarayonida hamkorlikning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha alohida kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston ishbilarmon doiralari to‘qimachilik, metallurgiya va boshqa sanoat sohalarida Shveytsariyada ishlab chiqarilgan uskuna hamda texnologiyalarni sotib olishga katta qiziqish bildirmoqda. Erishilgan kelishuvlar ushbu bitimlarning moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi.

Credit Suisse Group AG Tsyurixda (Shveytsariya) joylashgan bo‘lib, dunyoning 50dan ortiq mamlakatlarida vakolatxonalarga ega hamda 800 milliard AQSh dollaridan ortiq aktivlarni boshqaradi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: