O‘zbekiston va Italiya hukumatlararo ishchi guruhining navbatdagi majlisini o‘tkazadi

O‘zbekiston 10:19 / 15.11.2018 1631

2018 yilning 14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Italiya Respublikasi tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Manlio Di Stefano boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.

Uchrashuvda siyosiy-diplomatik, savdo, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamda «O‘zbekiston – Yevropa ittifoqi» shaklida O‘zbekiston-Italiya muloqoti holati va uni yanada chuqurlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, xalqaro va mintaqa muammolariga doir ayrim masalalar muhokama qilindi.

Turli darajalarda bo‘lajak aloqalar yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, ikki davlat rahbarlarining muntazam uchrashuvlari o‘zaro manfaatli barcha sohalardagi sa'y-harakatlarni faollashtirish imkonini beradi.

Muzokaralarda ikki tomonlama tovar aylanmasini oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik ta'kidlandi. Savdo hajmi joriy yilning yanvar-sentabrida 206 mln. AQSh dollarini tashkil etib, butun 2017 yilga qaraganda 20%ga ko‘proqni tashkil etadi. Qayd etilganidek, 2019 yil boshida Savdo, iqtisodiy va sanoat hamkorligi va eksport kreditlari masalalari bo‘yicha Hukumatlararo ishchi guruhining navbatdagi majlisini o‘tkazish mazkur muhim sohadagi qo‘shma kun tartibini dolzarblashtirish imkonini yaratadi.

Suhbat chog‘ida «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ va Italiyaning «Danieli & C.Officine Mecchanicne S.p.A» kompaniyasi o‘rtasida imzolanishi kutilayotgan qo‘shma loyihani amalga oshirish bo‘yicha investitsiya bitimi ijobiy baholandi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Shu kunning o‘zida TIVda O‘zbekiston-Italiya siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda Italiya elchisi Andrea Bertotstsi ishtirok etdi.

Ko‘proq yangiliklar: