O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Dushanbega ilk bor tashrif buyuradi

O‘zbekiston 12:30 / 15.11.2018 4591

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuridinjon Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi ikki qo‘shni davlat mustaqilligi tarixida birinchi marta Tojikistonga tashrif buyuradi.

O‘zbekiston parlamentariylarining tashrifi 19-22 noyabr kunlariga mo‘ljallangan, deb xabar bermoqda «AP» Tojikiston parlamenti quyi palatasining xalqaro ishlar, jamoat birlashmalari va axborot bo‘yicha qo‘mitasi raisi Olim Salimzodaga asosan.

O‘zbekiston parlamentdagi delegatsiyasi Tojikistonga safari chog‘ida respublika prezidenti Imomali Rahmon, mamlakat parlamenti har ikki palatasi spikerlari Mahmadsaid Ubaydulloyev va Shukurjon Zuhurov bilan uchrashadi.

O‘zbekiston Respublikasi parlamenti quyi palatasi spikeri va unga hamrohlik qiluvchi shaxslar «TALKO kabel» zavodining faoliyati bilan tanishadilar hamda Nurek GESga boradilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda Rog‘un GES birinchi agregati tayyor ekani, u 16 noyabrda ishga tushirilishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: