O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi «Dubai Cup 2018» turnirini durang bilan boshladi

Sport 09:39 / 15.11.2018 6943

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tokio-2020 olimpiadasi bahslariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, «Dubai Sup 2018» xalqaro musobaqasidagi ishtirokini boshladi.

Futbolchilarimiz Yaponiya olimpiyachilariga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Gollar Aziz Omonov (14-daqiqa) va Oston Urunov (29-daqiqa) hisobiga yozildi.

Ravshan Haydarov shogirdlari navbatdagi o‘yinni 17 noyabr kuni BAA olimpiyachilariga qarshi o‘tkazadi.

«Dubai Cup 2018» xalqaro musobaqasi

14 noyabr,
BAA – Kuvayt 2:1
O‘zbekiston – Yaponiya 2:2
 
17 noyabr
17:15 BAA – O‘zbekiston
20:00 Yaponiya - Kuvayt
 
20 noyabr
17:15 Kuvayt – O‘zbekiston
20:00 BAA – Yaponiya

Ko‘proq yangiliklar: