Sirdaryoda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Jamiyat 13:11 / 15.11.2018 17523

2018 yil 14 noyabr soat taxminan 03:35larda Sirdaryo viloyati FVBga IIBning Tezkor navbatchisi tomonidan A-373 «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishining 13-km.da yuk avtomashinasi yo‘ldan chiqib avtohalokatga uchraganligi yuzasidan ma'lumot kelib tushdi, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.

Foto: FVV axborot xizmati

Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi navbatchi qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Shundan so‘ng, qutqaruvchilar yo‘l transport hodisasi oqibatida avtotransport kabinasida qisilib qolgan fuqaroni maxsus texnikalar yordamida kabinadan olib chiqishdi. 

Foto: FVV axborot xizmati

Jabrlangan fuqaro hamda yo‘lovchi zudlik bilan Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yetkazildi va bu orqali fuqaro hayoti saqlab qolindi, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: