Serxio Ramos: «Hushtakbozlardan minnatdorman»

Sport 19:25 / 15.11.2018 5805

«Real» sardori Serxio Ramos o‘z sha'niga yog‘ilayotgan tanqidlar bo‘yicha fikrini aytdi.

«Agar «Real» muxlislarida qaysidir futbolchiga nisbatan e'tiroz paydo bo‘lsa, demak undan yanada ko‘prog‘ini kutishayotgani oydinlashadi.

Bu yerda haqiqiy afsonalarning hushtakbozlikka uchraganini ko‘rganman. Agar 14 yilda ilk marotaba hushtakbozlikka uchrasam, bundan xursand bo‘lishim kerak.

Hamma ishlarim joyida bo‘lsa, tanqidlarga e'tibor bermayman. Buni shaxsiyatimga yaqin qabul qilmayman», – deb Ramos so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Ko‘proq yangiliklar: