Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston 10:25 / 15.11.2018 30599

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rahbarlik faoliyatida o‘ziga xos imiji, hayotiy prinsiplari bor, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Bular – xalq ichiga kirib, odamlar hayotini bevosita ko‘zdan kechirish, ular bilan muloqot qilib, talab va istaklarini eshitish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan joyida tanishib, dolzarb masalalarni hal qilish, istiqbolga mo‘ljallangan vazifalarni belgilab berish.

Qayd etilishicha, shuning uchun davlat rahbari mamlakat hududlariga tez-tez safar qiladi. Shunday safarlarning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda. Bu gal ham ilk manzil Qoraqalpog‘iston.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni Nukusga jo‘nab ketdi, deyiladi xabarda.

Tashrif doirasida shu paytgacha bajarilgan ishlarni tahlil qilish, barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar va dolzarb vazifalarni belgilab olish rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari so‘nggi bor Qoraqalpog‘istonga o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida safar qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: