Makron Fransiya AQSh vassali emasligini aytdi

Jahon 07:33 / 15.11.2018 14674

AQSh va Fransiya tarixiy ittifoqdoshlar hisoblanishadi, bir ittifoqdosh bo‘lish vassal bo‘lishni anglatmaydi. Bu fikrni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bildirdi.

“AQSh tarixiy ittifoqdoshimiz hisoblanadi va shunday bo‘lib qoladi. U bilan barcha xatarlarni zimmamizga olamiz, u bilan eng murakkab operatsiyalarni o‘tkazamiz. Biroq ittifoqdosh bo‘lish vassal bo‘lishni anglatmaydi”, deb aytgan Makron Yevropa armiyasini tashkil etish g‘oyasiga izoh berish vaqtida.  

“AQSh NATOdagi ittifoqdoshimiz. Biroq men prezident sifatida fuqarolarimizga “Sizning barcha xavfsizligingizni AQSh qo‘liga topshirmoqchiman” deb ayta olamanmi? Yo‘q, chunki bizning suverenitet va Yevropa suverenitetiga ishonaman. Bu nimani anglatadi? Bu mening vazifam sizni himoya qilish, armiyamiz fuqarolarimizni himoya qilishidan iboratligini anglatadi”, deb qo‘shimcha qilgan Makron.

Uning ta'kidlashicha, kiberxavfsizlik, kiberhujumlarga qarshi kurashda, yer, suv, havo va fazoda mustaqillikka ega bo‘lish lozim.  

“Buni amalga oshirish uchun biz tobe bo‘lmasligimiz kerak, jumladan AQShdan. Ba'zi sohalarda biz juda tobemiz va bu yaxshimas”, teb ta'kidlab o‘tgan Fransiya yetakchisi.

Avvalroq Makron AQShga tobe bo‘lmagan “umumevropa armiyasini” tashkil etish g‘oyasini taklif qilgandi. Fransiya prezidenti ayni vaqtda Yevropa uning ichki jarayonlari va kiberhududiga ko‘plab aralashuvlarga to‘qnash kelayotganini qayd qilib o‘tgan. U, shuningdek, Yevropa Ittifoqi Xitoy, Rossiya va AQShdan himoya qilinishi lozimligini qo‘shimcha qilgan.

Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp Makronning umumiy armiya tuzish taklifini tanqid ostiga olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: