Kuchli virus qaytdi va butun dunyo bo‘ylab kompyuterlarni egallab oldi

Fan-texnika 12:15 / 15.11.2018 17098

2017 yilda butun dunyo bo‘ylab kompyuterlarga hujum qilgan WannaCry virusi eng keng tarqalgan «talonchi-virus»ga aylandi. Bu haqda «Kasperskiy laboratoriyasi» mutaxassislari hisobotida ma'lum qilindi.

Tahlilchilarning hisob-kitobiga ko‘ra, so‘nggi oylarda WannaCry kompaniya mijozlari kompyuterlariga hujumlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ushbu virus yordamida amalga oshirilgan hujumlar ulushi umumiy miqdordan deyarli 29 foizni tashkil qiladi.

WannaCry’dan keyin ikkinchi o‘rinni GandCrab troyani yangi versiyalari egalladi. Ushbu dastur kompyuterlarning 12 foizidan ko‘prog‘iga hujum qildi.

Shuningdek, mutaxassislar fikricha, «yetakchi» viruslar orasida Crysis, Shade, PolyRansom va Cryakl bor. So‘nggisi viruslar reytingida uchinchi o‘rnini egallab turibdi - uning yordami bilan hujumlarning deyarli 9 foizi amalga oshirildi.

WannaCry kompyuter virusining eng oxirgi yirik hujumi Boeing aviasozlik kompaniyasiga qarshi qaratildi. Zararli dasturiy ta'minotning yangilangan versiyasi tashkilot ba'zi tizimlariga ta'sir ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bankomatlardan pul o‘g‘irlaydigan juda kuchli vosita fosh etilgandi.


 

Ko‘proq yangiliklar: