Indoneziyadagi aviahalokat qurbonining qallig‘i uning “oxirgi istagi”ni bajo keltirdi

Jahon 13:49 / 15.11.2018 40156

Indoneziyadagi aviahalokatda halok bo‘lgan yigitning qallig‘i yolg‘iz holda to‘y fotosessiyasini uyushtirib, uning “oxirgi istagi”ni bajo keltirdi.

Intan Shyari ismli qiz va Rio Nanda Pratama ismli yigit bir-birlarini 13 yildan beri tanishgan va 11 noyabrda nikoh to‘yi o‘tkazishmoqchi bo‘lishgan. 

Yigit shifokor bo‘lgan va to‘ygacha uyiga qaytishni rejalashtirgan holda Jakartadagi seminarga ketgan. Biroq baxtsiz reys u uchun so‘nggisi bo‘ldi va judolikdan qayg‘urayotgan  qiz yorining oxirgi istagini bajo keltirdi.

Qizning aytishicha, Rio samolyotga o‘tirishi oldidan hazillashib, agar to‘ygacha kelishga ulgurmasa, to‘yda suratga tushib, ularni unga yuborishini aytgan.

Qiz instagramdagi sahifasida halok bo‘lgan qallig‘i birinchi muhabbati va u bilan 13 yildan beri tanish bo‘lganini tan olgan. Qiz kelin libosida bir o‘zi tushgan suratga izohda yoriga musibat uning qaddini bukmasligi va u uchun tabassum qilishga va'da qilganini aytgan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Iis (@intansyariii) on

“Men qayg‘ura olmayman va doimo sen aytganingdek, kuchli bo‘lishim kerak”, deb yozgan qiz.

Noodatiy fotosessiyaga taklif qilingan fotosuratchi internetda unda olingan bir necha suratni e'lon qilgan va sevishganlarning fojiali qismati bilan bo‘lishgan.

Samolyot 29 oktabrda Yava oroli yaqinida qulagan. Samolyot bortida 189 kishi bo‘lgan. Samolyot bilan aloqa Jakarta aeroportidan havoga ko‘tarilgandan 13 daqiqa o‘tib yo‘qolgan. Shundan keyin samolyot dengizga qulab, cho‘kib ketgan.

Rioning shaxsi 6 noyabrda o‘rnatilgan, u 2 kun o‘tgach dafn etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: