Google Earth’da O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari paydo bo‘ladi

O‘zbekiston 20:37 / 15.11.2018 7923

Google Earth va shunga o‘xshash dasturlarga joylashtirish uchun Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi diqqatga sazovor joylarning 3D modeli ishlab chiqilishi kutilmoqda. 2025 yilgacha bo‘lgan davrda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida shunga oid ma'lumotlar taqdim etildi

Shuningdek, loyihaga ko‘ra, O‘zbekistonning turli shaharlarida maxsus bunyod etilayotgan amfiteatrlarda sayyohlarga namoyish qilish uchun 3D mepping formatidagi videofilmlar ham yaratiladi. 

Bundan tashqari, «Uzbek-cuisine.com» yagona reyestriga xorijiy mamlakatlarda joylashgan o‘zbek milliy taomlari tayyorlanuvchi restoranlar ro‘yxati kiritiladi. Chet mamlakatlardan O‘zbekistonga oid so‘rovlarni kiritib, yaqin oradagi o‘zbek milliy taomlari restoranlari geolokatsiyasidan foydalanish mumkin bo‘ladi.  

Kontseptsiya loyihasiga ko‘ra, respublika ta'lim muassasalarida YuNVTOning TedQual (Tourism Education Quality - Turistik ta'lim sifati) tizimi bo‘yicha turistik ta'limni sertifikatlash xalqaro tizimi joriy qilinadi. 

Ko‘proq yangiliklar: