Fransiyada Interpolning sobiq rahbari yo‘qolishi bo‘yicha tergov ishi yopildi 

Jahon 02:00 / 15.11.2018 9119

Fransiya politsiyasi Interpolning sobiq rahbari Men Xunveyning yo‘qolishi bo‘yicha olib borilgan tergov ishini yakunladi. 

Tergov Interpol bosh qarorgohi joylashgan Lion shahri politsiyasi tomonidan olib borilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, tergov jinoyat Fransiya hududida sodir etilganiga ishora qiluvchi biror-bir dalil topmagan. Shuningdek, Xunveyning rafiqasi turmush o‘rtog‘i yo‘qolgandan keyin xitoychada tahdidlar bildirilayotgan telefon qo‘ng‘iroqlari olganining hech qanday isboti topilmagan.

Oktyabr boshida Fransiyada Xunveyning yo‘qolishi bilan bog‘liq tergov boshlangan. Uning yo‘qolgani haqida rafiqasi xabar qilgan. Ayol eri 29 sentabrdan aloqa chiqmayotganini hamda ijtimoiy tarmoqlar va telefon orqali tahdidlar olganini ta'kidlagan. 

Xunvey ta'tili vaqtida o‘z vatani Xitoyga borganda yo‘qolib qolgan. Keyinroq Xitoy hukumati Xunvey korrupsiya ishiga aloqadorlik gumoni bilan hibsga olinganini ma'lum qilgan.

7 oktabrda esa Xunvey Interpol rahbari lavozimidan ketishini sirtdan e'lon qilgan. Uning o‘rnini vitse-prezident Kim Chon Yan vaqtinchalik egallagan.

Ko‘proq yangiliklar: