Dunyodagi eng qimmat ko‘chalar reytingida yetakchi o‘zgardi

Jahon 12:01 / 15.11.2018 20942

Besh yil ichida birinchi marta Nyu-Yorkdagi Beshinchi avenyu dunyodagi eng qimmat ko‘cha nomini yo‘qotib, bu borada Gongkongdagi Kozuey-Beyni (Causeway Bay) o‘zidan oldinga o‘tkazib yubordi. Bu haqda RBK qimmatbaho ko‘chmas mulk bozorida konsalting bilan shug‘ullanuvchi Cushman & Wakefield kompaniyasi hisobotiga asoslanib xabar bermoqda.

Kozuey-Beyn
Foto: Paul Yeung / Bloomberg
Beshinchi avenyu
Foto: Craig Warga / Bloomberg

Beshinchi avenyudagi o‘rtacha ijara stavkasi o‘tgan yil bilan taqqoslaganda yiliga bir kvadrat metr uchun 28,262 ming yevrodan 20,733 ming yevroga tushdi. 

Kozuey-Beyda o‘rtacha ijara stavkasining biroz pasayishiga qaramasdan, uning miqdori reyting avvalgi yetakchisidan yuqori darajada qoldi va yiliga bir kvadrat metr uchun 24,606 ming yevroga teng bo‘ldi.

Reytingda uchinchi o‘rinni Londondagi Nyu-Bond-strit yiliga bir kvadrat metr uchun 16,071 ming yevrolik ijara stavkasi bilan egalladi. U Yevropaning eng qimmat ko‘cha nomiga ega.

Nyu-Bond-strit
Foto: Simon Dawson / Bloomberg 

Shuningdek, dunyodagi eng qimmat ko‘chalar ilk o‘ntaligiga quyidagi ko‘chalar kirdi:

• Parijdagi Yelisey maydonlari (yiliga bir kvadrat metr uchun ijara stavkasi 13,992 ming yevro)
• Milandagi Via Montenapoleone (13,5 ming yevro) 
• Tokiodagi Gindza mavzesi (11.232 ming yevro) 
• Sidneydagi Pitt-Strit-Moll (8882 yevro),
• Seuldagi Myondon ko‘chasi (8364 yevro)
• Tsyurixdagi Banxofshtrasse (7872 yevro)
• Venadagi Kolmarkt (4740 yevro).

Ko‘proq yangiliklar: