Chirchiqdan Olmaotaga xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston 10:23 / 15.11.2018 7770

«Chirchiq - Olmaota» yo‘nalishida 2018 yil 14 noyabr soat 17:00dan muntazam xalqaro avtobus qatnovi amalga oshirila boshlandi, deb xabar qilmoqda Avtomobil transporti agentligi.

Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston tomondan tashuvchi «O‘zavtotrans Servis» UK, Qozog‘iston tomonidan esa tashuvchi «O‘rda» firmasi xizmat ko‘rsatadi. 

Yo‘nalishning masofasi 818,0 km., qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 16 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Yo‘l haqi tashuvchilar tomonidan Chirchiqdan Olmaotagacha – 150 ming so‘m. Olmaotadan Chirchiqqacha– 6 ming tenge qilib belgilandi.

Yo‘nalishdagi qatnov «Turkiston» (O‘zbekiston), «Qazig‘urt» (Qozog‘iston) nazorat o‘tkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: