Britaniyada Brexit tufayli bir kunda ikkinchi vazir ishdan ketdi

Jahon 16:14 / 15.11.2018 7261

Britaniya mehnat va pensiyalar vaziri Ester Makvey Brexit bo‘yicha kelishuv tufayli o‘z iste'fosi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Kelishuv referendum natijalarini inobatga olmaydi», - deya ma'lum qildi Makvey.

Avvalroq, Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqish ishlari bo‘yicha vaziri Dominik Raab o‘z iste'fosi haqida xabar bergandi.

«Bugun men Brexit ishlari bo‘yicha vazir lavozimidan ketmoqdaman. Men sof vijdon bilan bizning Yevropa ittifoqiga aloqador kelishuvimiz uchun taklif etilgan sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlay olmayman», - deya ta'kidlab o‘tdi siyosatchi.

Shuningdek, Dominik Raab iste'foga chiqqanligi haqidagi xabarlardan so‘ng, Britaniya funt sterlingi qiymati keskin tushib ketdi.

Ko‘proq yangiliklar: