Brexit bo‘yicha kelishuv rejasi e'lon qilindi. O‘tish davri muddati ma'lum

Jahon 09:29 / 15.11.2018 7041

Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqidan mamlakatning chiqishi bo‘yicha Yevropa hukumati bilan kelishuv loyihasini e'lon qildi. 585 sahifalik hujjat bilan Britaniya hukumati veb-saytida tanishish mumkin.

Shuningdek, saytda mamlakatning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi siyosiy deklaratsiya matni ham joylashtirilgan.

Brexit shartlari bo‘yicha Yevropa ittifoqi bosh muzokarachisi Mishel Barnening ma'lum qilishicha, Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqib ketganidan keyingi o‘tish davri 2020 yil 31 dekabrga qadar davom etadi. 

Muzokarachining so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya 2019 yil 29 martda YeIni tark etadi, biroq shundan so‘ng o‘tish davri yuzaga keladi.

«21 oylik davrda, 2020 yil 31 dekabrgacha biz ichki bozor, bojxona ittifoqi va Yevropa siyosati bo‘yicha mavjud vaziyatni saqlab qolishga kelishib oldik», - dedi Barne.

Uning ta'kidlashicha, tomonlar o‘tish davrini kengaytirish huquqini saqlab qolmoqda, ammo uzaytirish muddati cheklanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit bo‘yicha muzokaralar tugab qolgani haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: