Brexit haqidagi xabarlar fonida funt sterling «quladi»

Jahon 16:07 / 15.11.2018 7647

Britaniyaning Brexit ishlari bo‘yicha vaziri Dominik Raab iste'foga chiqqanligi haqidagi xabarlardan so‘ng, Britaniya funt sterlingi qiymati keskin tushib ketdi. Bu haqda ExchangeRates xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, Toshkent vaqti bilan soat 14:10da yevroga nisbatan Britaniya funt sterlingi qiymati 0,95% ga pasayib, 1,13693lik ko‘rsatkichga yetdi. Funt sterlingning dollarga nisbatan qiymati 0,92% ga pasayib, 1,28652ni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Brexit bo‘yicha kelishuv rejasi e'lon qilingandi. O‘tish davri muddati ham ma'lum bo‘ldi.

Brexit shartlari bo‘yicha Yevropa ittifoqi bosh muzokarachisi Mishel Barnening ma'lum qilishicha, Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqib ketganidan keyingi o‘tish davri 2020 yil 31 dekabrga qadar davom etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: