BMT G‘azo sektoridagi vaziyatning keskinlashishida AQShni aybladi

Jahon 23:43 / 15.11.2018 10457

AQShning Isroildagi elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishi G‘azo sektoridagi vaziyatning barqarorligiga salbiy ta'sir etdi. Bu haqda BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ishlarni tashkillashtirish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi (BAPOR) bosh komissari Per Kraxenbyul aytdi. 

Uning aytishicha, elchixonaning ko‘chirilishi mintaqada xavotirlilikning oshishiga olib kelgan.

Shu bilan birga Kraxenbyul AQShning ushbu qarori BAPOR ishiga bevosita ta'sir qilmaganini aytgan. BMT vakilining ta'kidlashicha, 2018 yil martidan G‘azo sektoridagi to‘qnashuvlar vaqtida 22 mingga yaqin odam jarohat olgan.  

12 noyabrda G‘azo sektoridan Isroil tomon bir necha yuz raketa otilgan. Isroilliklar tomonidan bunga javoban sektordagi 70 dan ko‘proq obekt vayron qilingan. Isroil, shuningdek, sektor bilan chegarada qo‘shimcha qo‘shinlarni, jumladan tanklarni joylashtirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: