ASEAN sammitida Xitoy va AQSh o‘rtasida mintaqa bo‘yicha bo‘linish yuz berdi

Jahon 16:53 / 15.11.2018 14321

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoy Hind-Tinch okeani mintaqasiga turli pozitsiyada qaramoqda, ularning fikrlari Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari sammitida ajraldi. Ushbu mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy hamda strategik manfaatlari ikki qudratli davlat bilan chambarchas bog‘liqdir, deb yozmoqda Associated Press.

Singapurdagi ASEAN sammitida so‘zga chiqqan vitse-prezident Mayk Pens mintaqada «imperiyacha ambitsiyalar va tajovuzkorlikka» o‘rin yo‘qligini ma'lum qildi. Pencning ta'kidlashicha, AQShning mintaqaga sodiqligi «qat'iy hamda o‘zgarishsiz».

«Hind-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha pozitsiyamizda bironta xalq chiqarib tashlanmaydi. U har bir mamlakat o‘z qo‘shnilariga hurmatda bo‘lishi, mamlakatlarimizning suvereniteti va xalqaro qoidalariga hurmat bilan qarashini talab etadi», - dedi Penc.

Agentlikning qayd etishicha, AQSh vitse-prezidenti shu tarzda, yashirin shaklda Xitoyning o‘sib borayotgan ta'siri va uning Janubi-Xitoy dengizidagi harbiy ekspansiyasini qoralagan. Shu bilan birga, Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan Singapurdagi sammit doirasida Xitoyning butun mintaqa bo‘ylab o‘sib borayotgan ta'siriga oid qo‘shnilar tashvishiga barham berishga harakat qildi, deyiladi materialda.

XXR Davlat kengashi bosh vaziri ASEAN yetakchilari bilan uchrashuv davomida ularni Amerika savdo siyosati tufayli biroz qo‘zg‘algan jahon bozorlarini barqarorlashtirishda yordam ko‘rsatishga chaqirdi.

ASEAN davlatlari Xitoyning AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati global savdo tizimidan voz kechishi bo‘yicha xavotirini qo‘llab-quvvatlaydi, u Xitoy iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va boyitishga yordam berdi. Singapurdagi uchrashuvlarda qatnashgan ko‘plab rahbarlar proteksionizm bilan kurashish hamda global savdoni tartibga soluvchi qoidalarni himoya qilish zarurligini ta'kidladilar, deya qayd etadi AP.

Bildirilishicha, mintaqa Janubi-Xitoy dengizidagi mojarolar tufayli AQSh va boshqa davlatlarda jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. ASEAN yetakchilari bu tumanda vazminlikka kelishib olishdi hamda dengizdagi keskinlikni oshirmaslik maqsadida kerakli yo‘llar va vositalarni muhokama qildilar, deya qo‘shimcha qiladi agentlik.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi nimalarga olib kelishi mumkinligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: