Yaponiya kiberxavfsizlik vaziri kompyuterdan foydalanmasligini aytdi

Jahon 16:58 / 15.11.2018 5483

Yaponiya kiberxavfsizlik vaziri Yositaka Sakuradaning parlament quyi palatasidagi debatlar vaqtida aytishicha, kompyuterdan foydalanmaydi. Bu haqda The Japan Times xabar bermoqda.

Sakurada so‘zlariga ko‘ra, unda kompyuterda ishlash uchun ehtiyoj yo‘q, biroq bu unga vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilmaydi.

«Men 25 yoshimdan beri o‘z xodimlarim va kotiblarimga ko‘rsatmalar berib kelaman, shuning uchun o‘zim kompyuterdan foydalanmayman», - deya ma'lum qildi u. Amaldorning qo‘shimcha qilishicha, kiberxavfsizlik bilan hukumat organlari o‘zaro muvofiqlashgan holda shug‘ullanayotgani sababli ishda qandaydir muammolar yuzaga kelishi kerak emas. 

Shuningdek, u atom elektr stansiyalari kiberxavfsizligini ta'minlash bo‘yicha choralar to‘g‘risidagi savolga javob qaytarishga qiynalgan: «Men aniq tafsilotlarni bilmayman».

Sakuradaning so‘zlari mustaqil qonun chiqaruvchilar tomonidan tanqid qilindi.

Xususan, Masato Imai shunday dedi: «Kompyuterga teginmaydigan odamning kiberxavfsizlik siyosatiga mas'ul ekani umuman tushunarsiz».

Bundan avval Sakurada Olimpiya ishlari bo‘yicha vazir bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: