13 davlat S-400’ni sotib olmoqchi - OAV

Jahon 09:22 / 15.11.2018 28942

Kamida 13 davlat Rossiyaning S-400 zenit raketa majmualarini Amerika quroli o‘rniga sotib olmoqchi. Bu haqda CNBC telekanali AQSh razvedkasiga yaqin manbalarga asoslanib xabar berdi.

Telekanaldan ta'kidlashlaricha, ushbu davlatlar AQSh tomonidan ehtimoliy sanksiyalar tahdidiga qaramay, S-400’ni sotib olishni xohlamoqda.

Manbalardan birining aytishicha, Eron, Qatar, Saudiya Arabistoni, Misr, Jazoir, Marokash va Vetnam vakillari C-400 sotib olish bo‘yicha Rossiya tomoni bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston geosiyosiy va iqtisodiy manfaatlari tufayli S-400’ni sotib olgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: