11 noyabr kuni «Oriyent Finans» bank bosh ofisida rossiyalik dizayner hamda uning jamoasi tomonidan yaratilgan saytning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotni Bank Kengashi raisi S.Po‘latov kirish so‘zi bilan ochib bergan holda Lebedev studiyasi va bank o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tdi. Aytish kerakki, «Oriyent Finans» sayti dizaynerning O‘zbekistondagi ilk loyihasi sanaladi.
«Shuni faxr bilan tilga olishim mumkinki, ushbu loyiha mijozlarga qulayligi nuqtai nazaridan olib qaraganda nihoyatda o‘ziga xos loyiha sanaladi. Lebedev jamoasiga ushbu muvaffaqiyatli ish uchun minnatdorchilik izhor etaman. Artemiy ta'kidlab o‘tganidek, hozircha yurtimizda bunday sayt ishlanmasi mavjud emas. Buni ilk osmono‘par binoga qiyoslash mumkin. Keyinchalik ular yanada ko‘proq bo‘lishiga ishonaman, ammo birinchisi, baribir, birinchidir».
Studiya loyihalari rahbari Olga Pismerova o‘z taqdimotida jamoaning sayt ishlanmasiga yondashuviga alohida urg‘u berib o‘tdi. Uning ishlanmasida zamonaviy bank tendensiyalari hamda mijozlar uchun maksimal darajada qulaylik yaratuvchi prinsiplar inobatga olingan. Studiya oldida insonlarning hayotini yengillashtirish orqali bank mahsuloti yordamida maqsadlariga yetishlarini ta'minlaydigan sayt yaratish vazifasi turgan edi. Shu sababli sayt yaratuvchilari ortiqcha jihatlardan voz kechgan holda bor e'tiborlarini mijozlarning ehtiyojlariga qaratishdi. Saytdagi ma'lumotlar ketma-ketligi shunday tartibdaki, unda foydalanuvchi kerakli xizmat uchun so‘rov qoldirgan holda tanishishdan asosiy maqsadi tomon harakatlanadi. Ekranda qulay o‘qiladigan ma'lumotlar hajmini ko‘rish mumkin.
«Yakunda mijoz kreditga emas, balki mashina, xonadon yoki o‘g‘lining to‘yini qilishga ehtiyoj sezadi. Shu sababli biz sayt mazmunini shunday hosil qildikki, u boshidanoq bank amalga tatbiq eta oladigan istaklarning real namunalarini ko‘rsatadi», – deya ta'kidladi Olga.
Taqdimotning eng kutilgan mehmoni rossiyalik dizayner Artemiy Lebedev edi. U, o‘z navbatida, saytni progressiv, universal va ko‘p funksiyali ekanligini e'tirof etdi.
Studiya rahbarining aytishicha, studiya, masalan, xuddi shunday ishlanmani yirik AQSh banki uchun ham qilishi mumkin edi. Ya'ni amalga oshirilgan ishning sifati bank va mijozning o‘zaro munosabatlarini mavqe jihatdan sezilarli darajada ko‘tardi.
«Biz ushbu loyiha ustida bir yil ishladik. Bu katta ish va jiddiy hajm. Sayt mutlaqo tengsiz, deb o‘ylayman. Odatda, yangi odamlar bilan suhbatlasha turib, yangi sanoatga kirganda ilk quymoq zuvalaga o‘xshaydi. Ushbu sayt esa ajoyib quymoq bo‘ldi, uni yeyish mumkin, hammasi o‘z o‘rnida. Bu faqat chiroyli ko‘rgazma emas, amaliy biznes-vositadir», – deya o‘z so‘zini yakunladi Lebedev.
Reklama huquqi asosida