Doimiy ravishda vaqt topolmaydiganlarga 6 maslahat

Light 18:17 / 13.11.2018 22106

Tadbirkor Geri Vaynerchuk kunni maksimal darajada unumli o‘tkazishda yordam beradigan taym-menejmentning olti texnikasi haqida so‘zlab berdi.

Vaqtni boshqarish uchun ko‘pchilik odamlar texnikalardan foydalanishmaydi. O‘z biznesini yaratish, shaxsiy brendni rivojlantirish va blog yuritish uchun vaqt yetishmovchiligidan ko‘pchilik noliydi. Aslida, vaqtingiz siz o‘ylaganingizdan ko‘proq. Bir sutkada 24 soat vaqtingiz bor.

Foto: Unsplash

Aytaylik, siz 9:00 dan 17:00 gacha ishlaysiz. Kuniga sakkiz soat. Ishga borish va uyga qaytish uchun ikki soat vaqt sarflaysiz. Oilangiz davrasida ham bir muddat bo‘lishni istaysizmi? Marhamat! Buning uchun ishdan qaytgach ikki soat vaqt ajratishingiz mumkin. Yetti soat uxlashingiz kerakmi? Yaxshi. Sizda yana besh soat vaqt qoladi.

Bu vaqtni nimaga sarflash lozim?

Seriallar tomosha qilish yoki hordiq uchun sarflasangiz kerak?

Yanada ko‘proq vazifalarga ulgurishda yordam beradigan olti texnika:

Doimiy ravishda «audit rejimida» bo‘lasiz!

Buning uchun, dastlab, muhim vazifalarni bajarib, ularga eng ko‘p vaqt ajratish lozim. Men, ko‘pincha, hozirgi zamonga moslashaman. Kecha muhim sanalgan vazifa bugun ahamiyati kamroq bo‘lishi mumkin. Men har kuni biror vazifa bilan shug‘ullanaman, buni bajarish vaqtida bir joyda qotib qolmaganimni bilaman. Ishlar va ustuvorliklarning katta ro‘yxati menga xalaqit qilmaydi.

Biznesdagi noma'lum muammolardan qo‘rqmang!

Men bilmaydigan narsalar meni qo‘rqitmaydi. Bu muhim. Ko‘pchilik katta qiyinchiliklarga duch kelganda dovdirab qolishadi, chunki ular dunyodagi barcha narsalar haqida ideal bilimga ega emas. Ular har bir muammo uchun aniq rejaga ega bo‘lishim lozim, deb hisoblaydilar.

Foto: Unsplash

Agar bir muammo ustida ishlayotganimda ikkinchisi yuzaga kelsa, uni ham hal qilish uchun kirishaman. Agar to‘rtinchi muammo nazoratdan chiqib ketsa, men o‘z diqqatimni unga qarataman.

Ishtiyoqning siri – bajarayotgan ishni sevish!

Men ishtiyoqni yo‘qotmayman, chunki shug‘ullanayotgan ishimni sevaman. Dunyoning bir burchagiga uchish menga yoqadi. Mijozlarga mahsulotni taklif qilish va javob olish, hatto rad etilish ham yoqadi.

Jarayonni yoqtiradiganlar – eng baxtli kishilar. Mening ishim «ish» emas, yoqimli mashg‘ulotdek ko‘rinadi.

Nima bilan shug‘ullanayotganingizni tekshiring!

Qat'iyatsizlik bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Albatta, lotereyada yutishingiz mumkin, biroq imkoniyatlar qanday? Aslida, bir necha oy davomida millionlarni ishlab olgan instagramdagi kishilar buning uchun uzoq yillar davomida mehnat qilishgan.

Biroq ishining murakkabliklarini hech kim aytmaydi. Sizga maslahat berishim mumkin bo‘lgan yagona narsa – o‘z mashg‘ulotingizni sevish. Ana o‘shanda ishga to‘liq kirisha olasiz.

Tezroq ishlang!

Men kuniga nafaqat 18 soat ishlayman, balki juda tez ishlashga ham harakat qilaman. Ko‘pchilik buni tushunmaydi. Har kuni yanada ko‘proq ishlarga ulgurishga harakat qilaman. Ofisimda har bir daqiqa va soniya uchun kurash olib boramiz.

Foto: Unsplash

Men bu maqolani o‘qiyotgan kishilarning 95-98 foizi bunday qilishmaydi, deb o‘ylayman. Ular kundan har bir daqiqani «tortib olishmaydi». Ular bir soatlik tanaffus olib, tushlik qilish uchun ketadi. Har ikki soatda feysbuk va instagramni tekshiradi. Bu mashg‘ulotlardan voz keching va yanada ko‘prog‘iga ulgurishga harakat qiling.

O‘zingizga o‘ta talabchan bo‘lmang!

«Bariga o‘zim aybdordek tuyuladi». «Kompaniyamning barcha xatolari – mening aybim». «Har bir xodimning harakati mening bo‘ynimda, chunki uni o‘zim ishga olganman». «Jarayonni o‘zim yaratganman. Shu bilan birga bunday vaqtlarda o‘zimni juda kuchsiz sezaman». Bas! Boshqalar bajarayotgan ishlar uchun o‘zingizni aybdor sanash yaramaydi.

Hammada ham muammolar bo‘ladi. O‘zingizga o‘ta talabchan bo‘lmang.

Ko‘proq yangiliklar: