Yangi iPhone uchun bir vanna tanga to‘landi

Fan-texnika 19:44 / 13.11.2018 15057

Moskvadagi re:Store do‘koni xodimlaridan biri 12 noyabr kechki vaqt do‘konda antiqa holat kuzatilgani haqida ma'lum qildi. Gap shundaki, bir necha kishi do‘konga xarid qilgani bir vanna tanga pul bilan kelishgan. Ulardan biri bu pulga narxi 100,99 ming rubl bo‘lgan yangi iPhone XS smartfonini sotib olgan. 

Tangalarni sanash 2 soat vaqt olgan. Tegishli pul sanab olingach, vannada yana tangalar qolgan. Antiqa xaridorlar vannani qolgan pul bilan birga o‘zlari bilan olib ketishgan.

Foto: RIA Obshchestvo

 

Ko‘proq yangiliklar: