Omadsiz kishilarning 7 ta odati

Light 15:47 / 10.11.2018 73593
Foto: Layfxaker

Agar o‘zingizda bu kabi xulq-atvorni sezsangiz, bilingki, biror narsani o‘zgartirish vaqti yetdi.

  1. Har qanday imkoniyatda muammoni ko‘rish

Omadsiz har qanday yaxshi ishning ham salbiy jihatini izlaydi. O‘zining bekorchiligini oqlash uchun ehtimoldagi salbiy oqibatlarni bahona qiladi. U ko‘pincha o‘zgalarning omadli ekani haqida gapiradi. Shu yo‘l bilan o‘zining biror ulkan maqsadga yetisha olmasligini yashiradi.

  1. Mas'uliyatni o‘zgalarga yuklash

O‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchning yetishmasligi qurbon sifatida ko‘rinishga olib keladi. Omadsizliklarida o‘zgalarni ayblaydi.

  1. Doimiy ravishda o‘zini oqlash

U ko‘pincha javob tariqasida “Bu mening ishim emas”, “Men hech narsa uchun javobgar emasman” qabilidagi iboralarni qo‘llaydi.

  1. Mag‘lubiyatga tezda taslim bo‘lish

Omadsiz kishi orzusidan voz kechib, yangi orzu ortidan ish joyini tez-tez o‘zgartirishi mumkin. Biroq hech nima qilmaslik uchun doim bahona topadi.

  1. TV va lotereyalarga tobelik

Omadsiz foydali ishlar o‘rniga televizor ekrani ro‘parasida juda ko‘p vaqt o‘tkazadi. Bundan tashqari, u bir lahzada boyish haqida orzu qiladi.

  1. O‘zgalarning ma'qullashini kutish

Omadsiz o‘zgalarga manzur bo‘lishga harakat qiladi. U o‘zi haqidagi tasavvurni atrofdagilar fikriga qarab shakllantiradi.

  1. O‘zi nima istashini bilmaslik

Omadsiz darhol mukofot olishni istaydi. Uning fikrlari juda tez o‘zgaradi. U o‘zini tushunmaydi va hayotdagi maqsadini topa olmasligi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: