“Formula-1” Vetnamda ham o‘tkaziladigan bo‘ldi 

Sport 00:05 / 09.11.2018 2343

“Formula-1” avtopoygasining taqvimida Vetnamdagi poyga paydo bo‘ladi. Bu poyga 2020 yildan chempionatning bir qismiga aylanadi. Poyga Xanoy yaqinidagi vaqtinchalik trassada o‘tadi. 5565 metr uzunlikka va 22 ta burilishga ega trassa stadion yaqinida, yangi bunyod qilingan tumanda yaratiladi. Trassada 1,5 kmlik to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi, bu esa poyga bolidlariga 335 km/soatgacha tezlashishga imkon beradi. 

Bo‘lg‘usi trassaning ba'zi qismlari “Formula-1”ni qabul qiluvchi boshqa trassalarni eslatib yuboradi. 

Bo‘lg‘usi Gran-Pri o‘tadigan joyni “Formula-1”ning poygalar bo‘yicha direktori va FIA’ning xavfsizlik bo‘yicha delegati Charli Uayting ko‘zdan kechirib chiqqan. Uayting ishlar muddatida yakunlanishiga shubha qilmasligini aytgan. “Trassaning katta qismi ko‘chalar ko‘rinishida mavjud, biroq bir seksiya hali qurilmagan. Bu ochiq maydon bo‘lib, unda bokslar binolari quriladi. Keyin trassaning bu qismi ham yo‘l bo‘ladi”, deb aytgan Uayting.

Hozirda poyga 21 ta bosqichdan iborat.

Ko‘proq yangiliklar: