O‘zbekistonda Saylov kodeksi hamda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati bo‘ladi

O‘zbekiston 22:45 / 08.11.2018 4223

O‘zbekistonda saylov va referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish, shuningdek, fuqarolar konstitutsiyaviy saylov huquqlarini amalga oshirishni ta'minlash bo‘yicha umume'tirof etilgan xalqaro prinsiplar va standartlar, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda saylov tizimi va qonunchiligi bosqichma-bosqich liberallashtiriladi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 6 noyabrdagi PQ–4004-sonli qarorida o‘z aksini topgan.

Prezident qarorida e'tirof etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda demokratik tamoyillar hamda xalqaro standartlarga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasi ishlab chiqilgan.

MSK O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda saylov jarayoniga “bitta saylovchi — bitta ovoz” tamoyilini amalga oshirishni ta'minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron ro‘yxatini joriy etish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Prezident qarorida Markaziy saylov komissiyasi a'zolari va kotibiyati xodimlarining shtat birliklari, ularga haq to‘lash tartibiga ham oydinlik kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: