Jokovich ATR reytingida Nadalni birinchi o‘rindan tushirib yubordi, Istomin to‘rt pog‘ona yuqoriladi

Sport 11:47 / 05.11.2018 5585

Parijdagi «Masters» turniri yakunlariga ko‘ra, serbiyalik tennischi Novak Jokovich 8045 ochko ATR reytingining birinchi pog‘onasiga joylashdi. Ispaniyalik Rafael Nadal 7480 ochko bilan ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. 

Yuqori uchlikni 6020 ochko bilan shveysariyalik Rojyer Federer yakunlab berdi.

O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin esa reytingda to‘rt pog‘ona yuqoriladi va 622 ochko bilan 91-o‘ringa joylashdi.

Ko‘proq yangiliklar: