Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston poytaxtida O‘zbekiston tadbirkorlarining savdo-ko‘rgazma markazi ish boshladi
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Qozog‘istonning “NurGroup” kompaniyasi hamkorligida Ostona shahrining “Samg‘au -Toshkent“ savdo uyida o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning savdo-ko‘rgazma markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Savdo-ko‘rgazma markazining rasmiy ochilishida Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov va O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi, Ostona shahar hokimligi, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Samarqand, Buxoro, Turkiston shaharlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali stendlar namoyish etildi, o‘zbek milliy oshxonasi, kulolchilik, kashtado‘zlik bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.
Shu o‘rinda alohida qayd etish joizki, savdo-ko‘rgazma markazi doimiy faoliyat yuritadi. Ayni vaqtda unda namoyish etilayotgan yurtimiz tadbirkorlarining qandolat, tekstil, mebelsozlik, maishiy texnika mahsulotlarini ulgurji va chakana narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratilgan.
– Hali savdo-ko‘rgazma markazi ish boshlamay turib, joriy yilning sentabr-oktabr oylarida Samg‘au – Toshkent savdo uyining savdo aylanmasi 1 million dollardan ziyodni tashkil etdi, – dedi mazkur savdo-ko‘rgazma ta'sischisi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi raisi o‘rinbosari Mirabbos Aslanov. – Endigi maqsadimiz kelayotgan 2019 yilda Rossiya Federatsiyasi va Boltiqbo‘yi davlatlarida O‘zbekiston mahsulotlarining shu kabi 4ta savdo-ko‘rgazma markazini ochishdir.
Malohat Husanova, O‘zA
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

00:57 / 21.07.2025
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»

21:30 / 02.07.2025
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025