Eron banklari SWIFT to‘lov tizimidan uzib qo‘yildi

Iqtisodiyot 23:33 / 05.11.2018 9823

Eron banklari SWIFT xalqaro to‘lov tizimi yordamida xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish imkonidan mahrum qilindi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi

Endi tizimdan uzilgan banklar xalqaro to‘lov operatsiyalarini amalga oshira olmaydi. Shuningdek, ko‘plab davlatlarda SWIFT formatida amalga oshiriladigan ichki operatsiyalarni o‘tkazish bilan ham muammolar vujudga kelishi mumkin.

SWIFT’da ta'kidlanishicha, ushbu qaror xalqaro bank tizimida barqarorlikni saqlab qolish uchun qabul qilingan. Banklar tizimdan aynan qanday uzib qo‘yilgani ma'lum qilinmagan.

5 noyabrdan AQShning Eronga qarshi yangi sanksiyalari kuchga kirdi.   

Ko‘proq yangiliklar: