«O‘zbektelekom»da yana o‘zgarish. Kompaniyaga bir yil ichida uchinchi direktor tayinlandi

O‘zbekiston 12:25 / 29.10.2018 15324

«O‘zbektelekom» kompaniyasining yangi direktori tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar bermoqda.

Manbalar ma'lumotiga qaraganda, Nazirjon Hasanov «O‘zbektelekom» bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.

Nazirjon Hasanov

Nazirjon Hasanov shu kunga qadar «O‘zbektelekom»ning Davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlar bo‘yicha direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2018 yil 8 avgust kuni «O‘zbektelekom» AK rahbariyatida qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Kompaniya rahbari etib avval ham bosh direktor lavozimida faoliyat yuritgan Shuhrat Qodirov tayinlangandi. 

Shuhrat Qodirov
Foto: O‘zbektelekom

2018 yilning fevral oyidan avgustigacha bosh direktor lavozimini egallagan Farhod Ro‘ziyev kompaniyaning tijorat direktori lavozimiga o‘tkazildi. Bundan tashqari, Jamol Maqsudov Yevgeniy Marking o‘rniga Istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlandi.

Farhod Ro‘ziyev
Foto: O‘zbektelekom
Ko‘proq yangiliklar: