OKMK – O‘zbekiston kubogi sohibi. «Paxtakor» taslim etilgan tarixiy finaldan fotoreportaj
Superligada quyi oltilikning uchinchi o‘rnida borayotgan OKMK klubi bugun Farg‘onada o‘tgan O‘zbekiston kubogi finalida «Paxtakor»ni mag‘lubiyatga uchratib, o‘z tarixida ilk marotaba ushbu sovrin sohibi bo‘ldi.
Uchrashuvda Toshkent klubining penaltidan kiritilgan yagona goliga Ismael Gonsalvesh mualliflik qilgan bo‘lsa, olmaliqliklar tarkibida jamoaning ushbu mavsumdagi to‘purari Yovan Jokich dubl qayd etdi; shuningdek, o‘yin asosiy vaqtining so‘nggi daqiqasida Zohir Pirimov ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Yakuniy hisob – 3:1.
Shu tariqa, «Paxtakor» tarkibida o‘ynagan yillari 3 karra O‘zbekiston kubogi g‘olibi bo‘lgan Baxtiyor Ashurmatov endi bosh murabbiy sifatida sobiq jamoasini turnir bosh sovrinidan mahrum etib, OKMKga ilk kubokni olib berdi. O‘yinni kuzatib borgan «Tribuna.uz» fotomuxbiri undagi eng asosiy lahzalarni raqamli xotiraga muhrlab qo‘ydi.
Mavzuga oid

23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi

12:00 / 26.02.2025
OKMKda yangi ohak zavodi qurilishiga start berildi

02:13 / 18.02.2025
«Paxtakor» - Elit OChL 1/8 finalida

21:13 / 17.02.2025