Tramp va Si Tszinpin G20 doirasida uchrashishi mumkin. Uchrashuv maqsadi aytildi

Jahon 11:39 / 22.10.2018 4029

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp G20 sammiti doirasida Xitoy yetakchisi Si Tszinpin bilan uchrashib, shaxsiy aloqalarni yaxshilashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Axios manbalarga tayangan holda xabar berdi.

Manba so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari uchrashuvi ularning o‘zaro shaxsiy aloqalarini tiklashda yordam berishi mumkin.

«Bu savdo masalalari bo‘yicha yig‘ilish emas, balki davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘ladi», - deya ta'kidlab o‘tgan manba.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni yumshatmasligi aytilgandi.

Tramp amaldagi tariflar Xitoy tomoniga bosim o‘tkazishda unga ko‘proq dastaklarga ega bo‘lish imkonini beradi, deb hisoblaydi. Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, Amerika prezidenti Pekin «ko‘proq azob chekishini» istaydi.

Ko‘proq yangiliklar: