Samarqand tumani hokimi o‘rinbosari ishdan olindi

O‘zbekiston 11:50 / 22.10.2018 16881

Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ravshan Fozilovich Rajabov ishdan olindi.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, u lavozim majburiyatlarini bajarolmagani sababli lavozimidan ozod etilgan.

Ravshan Rajabov 2017 yilning 24 martidan Samarqand tumani hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Hozircha uning o‘rnida kim ish boshlagani ma'lum emas.

Ko‘proq yangiliklar: