Rossiyada eng talabgir aviayo‘nalishlar reytingi: O‘zbekiston yetakchiga aylandi

O‘zbekiston 12:49 / 22.10.2018 10249

Oktyabr - yangi yil uchun chiptalarni avvaldan bron qilish uchun eng faol oylardan biri. «Tutu.ru» tahlilchilari dastlabki bronlash natijalarini e'lon qilishdi, deya xabar beradi Life.

Ma'lum bo‘lishicha, Yevropaga yangi yil chiptalari uchun talab rossiyaliklar orasida deyarli 20 foizga kamaydi, ammo eng kutilmagan holat - birinchi marta O‘zbekiston eng mashhur yo‘nalishlar reytingida yetakchiga aylandi.

Turli taxminlarga qaramay, qishki bayramlar uchun Yevropaga chiptalar o‘rtacha 2%ga arzonlashdi. Uzoq xorij mamlakatlariga o‘rtacha chek 1%ga oshdi. Rossiya bo‘ylab aviachiptalar 7 foizga qimmatladi. Qo‘shni mamlakatlarga yangi yil uchun aviachipta narxlari o‘rtacha 10%ga o‘sdi.

«Qizig‘i shundaki, yangi yilni kutib olish uchun eng ommabop mamlakatga O‘zbekiston aylandi, bu davlat o‘tgan yili reytingning yettinchi pog‘onasidan joy olgandi. U yerga o‘tgan yilga qaraganda ikki baravar ko‘p chipta sotildi. Ikkinchi o‘rin Germaniyada, uchinchi Chexiya. O‘tgan bayram ta'tillarida Germaniya, Chexiya va Moldova yetakchilik qilgandi. Hozirda so‘nggi davlat to‘qqizinchi o‘ringa tushib ketdi. Armaniston va Gruziyaning mashhurligi ortib bormoqda», - deya ta'kidlab o‘tishgan «Tutu.ru»dan.

Markaziy Osiyodagi kutilmagan yetakchi haqida to‘xtalib, ekspertlar statistika ko‘p jihatdan yangi yil ta'tillari paytida uyiga ketadigan, so‘ng Rossiyaga qaytib keladigan mehnat migrantlariga bog‘liq ekanini bildirishdi. Boshqa bir qismi - sayyohlar bo‘lib, ular dam olish, diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish, Chimyonda chang‘ida uchish va mahalliy taomlardan bahramand bo‘lish maqsadida bu mamlakatga safar qilishyapti.

Ko‘proq yangiliklar: