Qatar tashqi ishlar vaziri Toshkentga keldi

O‘zbekiston 10:11 / 22.10.2018 5682

2018 yilning 21 oktabr kuni Qatar delegatsiyasi Toshkentga keldi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qatar davlati tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Mureyxiy boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga kelgan.

«Tashrif dasturidan O‘zbekiston hukumatida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarda ishtirok etish o‘rin olgan», - deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: