Bog‘chaga bolani qo‘yishda kimlarga imtiyozlar beriladi?

Jamiyat 12:03 / 22.10.2018 9656

O‘zbekistonda bog‘chaga bolani qo‘yishda ba'zi toifadagi shaxslarga imtiyozlar beriladi. Bu haqda Adliya vaziri telegram-kanali yozmoqda.

Ular:

nogiron bo‘lgan shaxslarning bolalari;
uch nafar yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalarning bolalari;
harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari;
yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
boshqa muassasalardan o‘tkazilgan bolalar;
akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar.

Bunda mazkur ro‘yxatdagi bolalarga bog‘chada bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda birinchi navbatda yo‘llanma beriladi

Ko‘proq yangiliklar: