Alisher Usmonov nima uchun Mail.Ru Group boshqaruvidan voz kechdi?

Foto: Yuriy Kochetkov/EPA
Bugun rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Mail.Ru Group boshqaruvidan chiqishi ma'lum qilindi. Usmonovning o‘zi «bu jarayonga so‘nggi yillar davomida tayyorgarlik ko‘rgani»ni bildirdi.
«Aminmanki, yuqori texnologiyali kompaniyalarni yosh avlod - zamonaviy raqamli biznesning rivojlanish tendensiyalaridan xabardor bo‘lgan iste'dodli hamda katta maqsadli shaxslar boshqarishi lozim», - deyiladi USM asoschisi bayonotida.
Endilikda Mail.Ru menejyerlari Boris Dobrodeyev va Dmitriy Sergeyev, shuningdek, «Gazprombank» top-menejyerlari Alan Vaksman hamda Sergey Mednov yangi a'zolar sifatida direktorlar kengashi tarkibiga kiritiladi.
Alpari kompaniyasining katta tahlilchisi Roman Tkachukning fikricha, Alisher Usmonov shu yo‘l bilan AQSh tomonidan tayyorlanayotgan sanksiyalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Amerikalik siyosatchilarning oxirgi bayonotlariga ko‘ra, AQSh Rossiya hamda rossiyalik oligarxlarga nisbatan har oyda sanksiyalar joriy etishi kutilmoqda. Usmonovning boshqaruvni tark etishi esa Mail.Ru Group’ni sanksiyalar xataridan saqlab qoladi.
Nazoratni to‘laligicha boshqaruv qo‘liga topshirish Alisher Usmonov uchun birinchi marta emas. U 2016 yilda o‘zining USM Holdings kompaniyasidagi nazoratidan voz kechgan edi.
Mavzuga oid

16:30 / 15.03.2017
Rossiya hukumatida Usmonovni Donbassga yordam berishga chaqirishdi

18:50 / 03.03.2017
Navalnyy Medvedevni jiddiy aybladi. Ishda Alisher Usmonov ham bor

22:08 / 06.01.2017
Alisher Usmonovning xoldingi «Everton»ga homiylik qiladi

23:48 / 01.11.2016