Paxta-2018. Nishon tumani prokurori ishdan ketdi, u bu lavozimda 4 oy ham ishlamadi

O‘zbekiston 21:45 / 21.10.2018 36543

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan selektorda Qashqadaryo viloyati Nishon tumani prokurori vazifasini bajaruvchi Ismatov Baxtiyor Rahmatovich ishdan olingan.

«Kun.uz» manbasi ma'lum qilishicha, uning o‘rniga Sherali Ashirov tuman prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Ma'lumot uchun, Ismatov o‘z lavozimida 4 oy ham ishlamadi. U 2 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari Nishon tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi va tuman IIB boshlig‘i bilan birga ishdan ketgan tuman prokurori o‘rnida ish boshlagandi.

Selektor yig‘ilishi davomida Namangan viloyati Mingbuloq tumani prokurori bir oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantirilgan va unga adliya katta maslahatchisi unvoni berilgan. U shuningdek, endi Namangan viloyati prokurori o‘rinbosari hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: