Erdo‘g‘an Qoshiqchi ishi bo‘yicha tafsilotlarni ma'lum qilishini bildirdi

Jahon 21:40 / 21.10.2018 7652

Turkiya prezidenti Rajab Tayib Erdo‘g‘an Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasida saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha tergov tafsilotlarini 23 oktabr kuni ma'lum qilishini bildirdi.

«Men Adolat va taraqqiyot partiyasining parlament fraksiyasi majlisida Jamol Qoshiqchi ishi haqida ma'lumot beraman», - dedi u.

Turkiya prezidenti nima sababdan 2 oktabr kuni Turkiyaga Ar-Riyoddan 15 kishidan iborat guruh kelgani borasida savol tashladi. 

«Yana bir narsa qiziq, Saudiya Arabistoni hukumati hodisani surishtirish doirasida 18 kishini nimaga asoslanib hibsga oldi? Bu savollarning barchasi izoh talab qiladi», - dedi Erdo‘g‘an.

Avvalroq Yevropa davlatlari Saudiya Arabistonidan jurnalistning o‘limi bo‘yicha izoh talab qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: