Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya qo‘mondoni rossiyalik hamkasbi bilan hamkorlik bitimini imzoladi

Foto: rosgvard.ru
O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Bahodir Toshmatov va Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi qo‘shinlari federal xizmati direktori Viktor Zolotov idoralararo hamkorlik to‘g‘risida bitimni imzoladilar. Bu haqda RF Milliy gvardiyasi qo‘shinlari federal xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
«Armiya generali Viktor Zolotov va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-leytenant Bahodir Toshmatov Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi qo‘shinlari federal xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitimni imzoladilar», – deyiladi xabarda.
Imzolangan hujjatni almashish marosimi Rossiya va O‘zbekiston davlat rahbarlarining ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Idoralar o‘rtasidagi bitim jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash, muhim davlat obektlarini qo‘riqlash, terrorizm bilan qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Imzolangan bitim bilan qo‘shma mashqlar va mashg‘ulotlarni o‘tkazish, favqulodda vaziyatlarda va terrorchilik tahdidlarida jamoat tartibini saqlashni ta'minlash bo‘yicha tadbirlar to‘g‘risida ma'lumot almashish, tajriba almashish, maslahatlashuvlar, seminarlar, konferensiyalar va o‘quv-uslubiy yig‘inlar, sport va madaniy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish nazarda tutilgan.
Bitim moddiy-texnik ta'minot, ilmiy-tadqiqot faoliyati va axborot tizimlarini rivojlantirish ishlarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va’da qilgan Patriot tizimlaridan birinchisi Ukrainaga yetib keldi
Jahon | 19:40
-
«Yo‘q, bu bino besh yil avval qurilgan» - AQSh Markaziy banki rahbari Trampni «tuzatdi»
Jahon | 19:39
-
Kasb egallash uchun internet orqali bepul videodarslar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 19:31
-
“KAMAZ” savdodagi pasayish sabab 4 kunlik ish haftasiga o‘tmoqda
Biznes | 19:23
Mavzuga oid

14:13 / 07.07.2025
Toshkentda milliy gvardiyachilar cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025