Yoqilg‘i, elektr energiyasi va gaz narxini 16 noyabrdan boshlab oshirish haqidagi hukumat qarori muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekiston 03:01 / 20.10.2018 113361

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslariga narxlar va tariflarning o‘zgarishi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qaror yoqilg‘i energetika resurslarining jahon narxlari o‘sib borayotganini inobatga olib, shuningdek, tovarlar (xizmatlar) bozorida monopoliya darajasini bosqichma-bosqich kamaytirib borish, yoqilg‘i-energetika resurslari realizatsiyasining bozor mexanizmlarini kelgusida joriy etish, ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish, energiyani tejashni rag‘batlantirish, yoqilg‘i energetika kompleksi korxonalarining muvozanatli rivojlanishini ta'minlash hamda bu sohada moliyaviy intizomini mustahkamlash maqsadida qabul qilinmoqda.

2018-2019 yillarda tariflar va narxlar o‘zgarishi grafigi tasdiqlanmoqda.

Unga ko‘ra tabiiy gazning tarifi (QQS hisobga olingan holda, 1 kub metriga):

hisoblash asboblari bo‘lganida aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:

  • 2018 yilning 16 noyabridan boshlab — 320 so‘m;
  • 2019 yilning 1 iyunidan boshlab — 350 so‘m;

hisoblash asboblari bo‘lmagan holda aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:

- ovqat tayyorlash va issiq suv ta'minoti uchun:

  • 2018 yilning 16 noyabridan boshlab — 553 so‘m;
  • 2019 yilning 1 iyunidan boshlab — 605 so‘m;

- isitish tizimi uchun:

  • 2018 yilning 16 noyabridan boshlab — 320 so‘m;
  • 2019 yilning 1 iyunidan boshlab — 350 so‘m;

08.11.2017 yildagi PQ-3379 qarorda ko‘rsatilgan ro‘yxat bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarayotgan va xizmatlar ko‘rsatayotgan iste'molchilar uchun:

  • 2018 yilning 16 noyabridan boshlab — 1000 so‘m;
  • 2019 yilning 1 iyunidan boshlab — 1000 so‘m;

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari uchun:

  • 2018 yilning 16 noyabridan boshlab — 800 so‘m;
  • 2019 yilning 1 iyunidan boshlab — hozircha noma'lum;

Boshqa ulgurji xaridorlar, jumladan, energiyadan samarador texnologiyalar va uskunalarni joriy etgan pishiq g‘isht, asfalt, sement ishlab chiqaruvchilarga:

  • 2018 yilning 16 noyabridan boshlab — 600 so‘m;
  • 2019 yilning 1 iyunidan boshlab — 650 so‘m;

Shuningdek, aholi tomonidan tabiiy gaz iste'molining bazaviy normasi o‘rnatilishi taklif qilinmoqda. Bunda:

  • Isitish mavsumida xususiy turar uy-joyda istiqomat qiluvchi bir abonentga oyiga 1000 kub metr;
  • Boshqa holatlarda bir abonentga oyiga 250 kub metrdan kelib chiqib hisoblanadi.

Bu holda bazaviy norma doirasida iste'mol qilingan tabiiy gaz o‘rnatilgan tarif bo‘yicha, normadan ortig‘i 1,2 karra qimmatroq narxda hisob-kitob qilinadi.

Elektr energiyasining narxi (QQS hisobga olingan holda, 1 kVt*soati uchun)

I va II guruhdagi iste'molchilar uchun:

  • 2018 yil 16 noyabrdan — 331 so‘m;
  • 2019 yil 1 iyundan — 370 so‘m;

III guruhdagi iste'molchilar uchun

  • 2018 yil 16 noyabrdan — 250 so‘m;
  • 2019 yil 1 iyundan — 280 so‘m;

Elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uylarda yashovchi iste'molchilar uchun elektr energiyasi tariflari III guruh iste'molchilari uchun belgilangan tariflarning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

IV guruhdagi iste'molchilar uchun:

  • 2018 yil 16 noyabrdan — 350 so‘m;
  • 2019 yil 1 iyundan — 392 so‘m;

08.11.2017 yildagi PQ-3379 qarorda ko‘rsatilgan ro‘yxat bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarayotgan va xizmatlar ko‘rsatayotgan iste'molchilar uchun:

  • 2018 yil 16 noyabrdan — 365 so‘m;
  • 2019 yil 1 iyundan — 409 so‘m;

2019 yilning 1 yanvaridan boshlab eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida aholi tomonidan elektr energiyasi iste'molining bazaviy normasi oyiga bir abonent uchun 300 kVt.soat qilib belgilash taklif qilinmoqda. Bu holda bazaviy norma doirasida iste'mol qilingan elektr energiyasi o‘rnatilgan tarif bo‘yicha, normadan ortig‘i 1,2 karra qimmatroq narxda hisob-kitob qilinadi.

Qarorda, shuningdek, avtobenzin va dizel yoqilg‘isi iste'mol uchun soliqni hisobga olgan holda, 2018 yil 16 noyabrdan boshlab quyidagi chakana narxlarni o‘rnatish haqida gap boradi (Mazkur qarorning bu qismi haqda Kun.uz avval ham xabar bergan edi):

  • Ai80 markali avtobenzin — 4000 so‘m/litr;
  • Ai91 markali avtobenzin — 4500 so‘m/litr;
  • dizel yoqilg‘isi — 4800 so‘m/litr;
  • EKO markali dizel yoqilg‘isi — 4900 so‘m/litr;

Qonunchilik bilan aniqlashtirilgan alohida toifadagi shaxslarga avtobenzin xaridi uchun xarajatlarning bir qismini qoplash maqsadida oyiga 66.700 so‘m pul kompensatsiyasi to‘lash ham nazarda tutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: